Jahon | 10:47 / 21.01.2017
5601
1 daqiqa o‘qiladi

Gambiyaning sobiq prezidenti iste'foga ketishga rozi bo‘ldi

Gambiyaning yangi prezidenti maslahatchisi Mai Ahmad Fatiy sobiq prezident Yahyo Jamme iste'foga ketishga va mamlakatni tark etishga rozi bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

18 yanvarda Gambiya parlamenti 19 yanvarda hokimiyatni yangi saylangan prezident Adam Barrouga topshirishi kerak bo‘lgan sobiq prezidentning vakolatlarini uzaytirgandi. 19 yanvarda Barrou Gambiyaning Senegaldagi elchixonasida yangi lavozimiga kirishgandi. 20 yanvarga o‘tar kechasi Senegal harbiylari Gambiyaga qo‘shin olib kirishganlarini ma'lum qilishgan. Operatsiya Jammega Barrouga tinchlik bilan hokimiyatni topshirishga imkon berish uchun 20 yanvar tushlikkacha to‘xtatib turilgan. Shu bilan birga, agar Jamme shunda ham o‘z lavozimini tark etmasa, u kuch bilan to‘ntarilib tashlanishi aytilgandi.

Mavzuga oid