Kuvaytda jonli efirda karaxt qiluvchi holat yuz berdi
Kuvaytda hajviy dastur boshlovchisi jonli efirda o‘z mehmonining ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Bu haqda Al Arabiya telekanali saytining ingliz versiyasida ma'lum qilindi.
Kuvaytlik taniqli boshlovchi Jasem Rajab dastur boshida o‘zining mehmonini "instragramdagi eng baqiroq odam" deb atagandan keyin, unga o‘t qo‘yib yuborilgan. Suratga olish guruhi xodimlari olovni tezda o‘chirishgan.
Ushbu holat tasvirlangan video YouTube’da joylashtirilib, tomoshabinlarni ko‘rganlarini takrorlamaslik haqidagi ogohlantirish bilan boshlangan. Shuningdek, ta'kidlanishicha, barcha ehtiyot choralari avvaldan ko‘rilgan. Boshlovchi "mehmon hech qanday og‘riq sezmaganini, chunki uning tanasi maxsus himoyalovchi qatlam bilan qoplangani va olovni o‘chirishda olov o‘chirgichdan foydalanilganini" aytgan.
Shunga qaramasdan boshlovchi tanqidlarga uchrab, qaltis tryuk uchun uni jazolash talab qilingan.
Mavzuga oid
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:30 / 23.10.2024