Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida shifokorlarni hayratga solgan voqea yuz berdi
2017 yil 13 yanvar kuni Qozog‘iston respublikasi Mang‘istau viloyati perinatal markazida 3 egizak dunyoga keldi. Akmaral Jalajanova va Janserik Tuyakboyev oilasida tug‘ilgan farzandlar, nafaqat ota-ona, balki akusherlarning ham hayratiga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, deb yozadi Tengrinews.kz sayti, shifokorlar ikki chaqaloq tug‘ilishini kutishgan. Uchinchi go‘dak borligini Olmaota va Aqtouda o‘tkazilgan ultratovush tadqiqotlari ko‘rsatmagan.
"Homilador ayol 28 dekabrda "homiladorlikning 31 haftasida yengil darajadagi preeklampsiya tashxisi bilan" shifoxonaga keltirilgan. 12 yanvarda bemorning ahvoli og‘irlashgani, qon bosimi 180ga 100 mmni tashkil etgani sababli jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. 13 yanvarda esa jarrrohlik amaliyoti o‘tkazishga qaror qilingan. Ikkinchi bola olinganidan so‘ng, uchinchi go‘dak yo‘ldoshi aniqlandi va u ham dunyoga keldi", - deb hikoya qilgan perinatal markazi bosh shifokor o‘rinbosari, Japirak Yepenova. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Yepenovaning aytishicha, ayol homiladorligining 5 haftaligidan ushbu markazda ko‘rikdan o‘tadi, hech kim uning uch farzandni dunyoga keltirishini taxmin qilmagan. UTT ham buni aniqlay olmagan.
Akmaralning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi ham bunday bo‘lishini kutmagan. Eru-xotinning 4 o‘g‘li bo‘lgani sababli, ular qizchali bo‘lishni orzu qilishgan.
"Men egizak bo‘lishini bilardim. Chunki, shifokorlar shunday deyishgandi. Jarrohlik vaqtida ham men hushimda edim, uch egizak ekanini aytishganda, o‘zimni juda baxtiyor his qildim. Barchaga shunday baxtni tilayman", - degan Akmaral Jalajanova.
Shunday qilib, ikki nafari qiz bo‘lib, o‘rtanchasi o‘g‘il bo‘lgan uch egizakka Madina, Nurislom va Ademi deya nom berishgan.
Mavzuga oid
09:00
Qozog‘istonda AZAL layneri halokati versiyalariga hozircha baho berilmadi
20:58 / 26.12.2024
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
16:55 / 26.12.2024