Olland Yevropani Trampning gaplariga qattiqqo‘llik bilan javob berishga chaqirdi
Yevropa Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qutlagan AQSh prezidenti Donald Trampning gaplariga qattiqqo‘llik bilan javob berishi kerak. Bunday fikrni 28 yanvarda Fransiya prezidenti Fransua Olland aytib o‘tdi.
"AQSh prezidenti tomonidan Yevropa haqida bildirilayotgan gaplar bo‘lganda va u Brexit qolgan davlatlar uchun o‘rnak hisoblanishini aytganda, fikrimcha, biz unga javob berishimiz kerak", deb aytdi Olland Lissabonda o‘tgan O‘rta Yer dengizi davlatlari sammitida.
Ollandning aytishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Oq uyning yangi egasi bilan munosabatlarda umumevropa manfaatlarini himoya qilgan holda qat'iy pozitsiyaga ega bo‘lishi lozim. "Biz o‘z pozitsiyalarimiz haqida gapirishimiz va o‘z fikrimizda qat'iy turib, muloqotga kirishishimiz lozim. Yevropa o‘z qadriyatlari, prinsiplari va manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘rishi kerak", deb aytgan Olland.
27 yanvarda Tramp Vashingtonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni qabul qilgan va qo‘shma matbuot-anjumanida britaniyaliklarning Yevropa Ittifoqidan chiqishi qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
"Men Brexit’ni davlatingiz uchun ajoyib ish bo‘ladi, deb hisoblayman. O‘ylaymanki, hammasi izga tushganda, sizda o‘z qiyofangiz, davlatingizda esa siz ko‘rishni istagan odamlar bo‘ladi va siz shaxsiy savdo bitimlaringizni tuza olasiz", deb aytgan Tramp britaniyalik jurnalistga yuzlanib.
Mavzuga oid
19:00
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
21:17 / 18.12.2024
Reuters: YeI davlatlari Ukrainaga 100 ming nafargacha tinchlikparvar kuchlarni yuborishni muhokama qilmoqda
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
08:15 / 14.12.2024