Sport | 15:40 / 28.01.2017
7257
1 daqiqa o‘qiladi

Serena Uilyams Australian open‘da g‘alaba qozondi va Shteffi Grafdan o‘zib ketdi

Melburnda davom etayotgan Australian open turnirining ayollar o‘rtasidagi final uchrashuvi yakunlandi. Opa-singil Uilyamslar o‘rtasida kechgan finalda Serenaning qo‘li baland keldi. 

Serena Uilyams ikki setda 6:4, 6:4 hisobida Vinus ustidan g‘alaba qozonib, o‘zining Melburndagi g‘alabalari sonini yettitaga yetkazib oldi. Shuningdek, u keyingi haftadan u yana dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanadigan bo‘ldi.

Bu Serenaning «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi turnirlardagi 23-g‘alabasi bo‘ldi. Natijada 35 yoshli tennischi bu borada germaniyalik sobiq tennischi Shteffi Grafni ortda qoldirib ketdi. 

Endi faqat bitta sportchi Serenadan ko‘proq «Katta dubulg‘a» musobaqalarida zafar quchgan. Margaret Kort hisobida hozircha 24 marta qo‘lga kiritilgan shunday nufuzli sovrin bor.

Australian open
Final.

Serena Uilyams (AQSh) - Vinus Uilyams - 6:4, 6:4.

Mavzuga oid