O‘zbekiston | 17:33 / 31.01.2017
11103
2 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nashriyotlar soni 13 barobarga oshdi

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nashriyotlar soni 13 barobarga oshdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi vakili.

Respublikada chorak asr avval to‘qqizta nashriyot o‘z faoliyatini olib borgan bo‘lib, ularning barchasi davlatniki bo‘lgan. Hozirgi kunda esa O‘zbekistonda ularning soni 122ga yetdi, shu bilan bir qatorda, 57 nashriyot – xususiydir.

Respublikada nashriyotlar o‘rtasida besh nominatsiya bo‘yicha “Eng yaxshi kitob” ko‘rgazma-tanlovi o‘tkazilishi yaxshi an'anaga aylandi. O‘zbekiston noshirlari xalqaro ko‘rgazmalarda faol ravishda ishtirok etib, ularda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

2010 yilning fevralidan boshlab esa O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshida “Ijod” jamg‘armasi o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Unga mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan. U, xususan, yosh yozuvchilarga o‘z ishlarini chop etishlarida moddiy yordam beradi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiya olti nashriyot litsenziyasini bekor qildi.

Mavzuga oid