O‘zbekiston | 22:31 / 01.02.2017
63099
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2016 yildagi eng ommabop avtomobil markalari, modellari va narx rekordlari

OLX e'lonlar servisi tahlilchilari 2016 yil statistikasini o‘rganib, "bozori chaqqon"  avtomobil markalari, modellari va narx rekordlarini aniqlashdi.

O‘zbekistonliklar orasida ommaboplik bo‘yicha Chevrolet markasi shubhasiz yetakchi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘istonda yig‘iluvchi bu markadagi avtomobillarga internetda xarid qilingan avtomobillarning 56 foizi to‘g‘ri keladi. 

VAZ avtomobillariga talab Chevrolet’nikidan deyarli uch barobar kamroq bo‘lgan hamda unga OLX’da amalga oshirilgan barcha kelishuvlarning 16,5 foizi to‘g‘ri kelgan. OLX’da "Jiguli" 2 milliondan boshlab taklif qilingan. 3-o‘rin esa Daewoo markasiga nasib qilgan. Janubiy Koreya brendi hissasiga portalda amalga oshirilgan har o‘ninchi kelishuv to‘g‘ri kelgan.

Yuqori beshtalikdan shuningdek bir-biriga umuman o‘xshamaydigan markalar ham o‘rin oldi, bular – Germaniyaning Mercedes’i va Rossiyaning GAZi. Bu markalar deyarli bir xil ko‘rsatkich namoyon qilganlar: ular hissasiga 2016 yilda amalga oshirilgan kelishuvlarning 2 foizi to‘g‘ri kelgan.

Kuchli o‘ntalikni hissasiga 0,7 foizdan 2 foizgacha kelishuvlar to‘g‘ri kelgan markalar yakunlagan: 5-o‘rin – BMW, 6-o‘rin – "Moskvich"ga nasib qilgan, undan keyingi o‘rinlarni Hyundai, Nissan va Toyota, ZAZ egallagan.

Quyida ushbu ro‘yxat keltirilgan.

O‘zbekistonda 2016 yilda eng xaridorgir avtomobil markalari yetakchi o‘ntaligi

1. Chevrolet
2. VAZ
3. Daewoo
4. Mercedes
5. GAZ
6. BMW
7. Moskvich
8. Hyundai
9. Toyota, Nissan
10. ZAZ

Eng ommabop modellar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi.

Reytingda Spark yetakchilik qilmoqda (barcha kelishuvlarning 16,6 foizi), undan keyin Lacetti (12,9) kelmoqda. Keyingi o‘rinlarni Chevrolet Nexia (10,1 foiz),  Matiz (9,6 foiz), Cobalt (7,4 foiz), Daewoo Matiz (4,4 foiz), Chevrolet Captiva va Daewoo Nexia (3,9 foiz) egallagan. VAZ 2106 hissasiga barcha kelishuvlarning 3 foizi to‘g‘ri kelgan, qolgan modellar hisobiga esa 40 foiz kelishuvlar to‘g‘ri kelgan.

2016 yilda O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan avtomobil modellari ro‘yxati


1. Chevrolet Spark
2. Chevrolet Lacetti
3. Chevrolet Nexia
4. Chevrolet Matiz
5. Chevrolet Cobalt
6. Daewoo Matiz
7. Chevrolet Captiva, Daewoo Nexia
8. VAZ 2106
9. Chevrolet Malibu
10. Chevrolet Epica

Narxlar borasidagi rekordlar 

OLX saytida avtomobillarga narxlar 2 mln so‘mdan boshlanadi. Biroq qimmatbaho mashinalar segmentida "hayratomuz" takliflar ham bo‘lgan. Ulardan biri – to‘liq restavratsiya qilingan "Chayka" 13 modeli sotilishi haqidagi taklif bo‘lib, noyob mashinaga 100 ming dollar so‘ralgan.

Mercedes G55 (gelendvagen) yo‘ltanlamasi uchun 130 ming dollar, Germaniyadan keltirilgan Porsche Cayenne’ga 95 ming dollar, Panamera‘ga 88 ming dollar so‘ralgan.

O‘zbekistonda 2016 yilda OLX’da "Yengil avtomobillar" toifasida amalga oshirilgan eng qimmatbaho kelishuv Audi Q7 modelining 220 mln so‘mga sotilishi bo‘lgan.

Mavzuga oid