Jamiyat | 09:01 / 03.02.2017
35304
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida tovlamachi amaldor qo‘lga olindi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari davlat korxonasi nazoratchisidan u yo‘lga qo‘ygan qoidabuzarliklarni yashirish uchun pul talab qilgan mansabdor shaxsni qo‘lga olishdi, deb ma'lum qildi huquq-tartibot muassasalari vakili. 

"O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent" filialining Keles pochta aloqa uzeli boshlig‘i Boburbek Hakim Erkinzoda "Zangiota tuman gaz ta'minoti" korxonasi nazoratchisidan 3,5 ming dollar olayotganda o‘z xonasida jinoyat ustida ushlandi. 

"Tovlamachi nazoratchiga u kommunal to‘lovlar sifatida aholidan yig‘gan pullarni topshirmaganlik uchun prokuraturaga xabarnoma yuborish bilan tahdid qilgan", deb ma'lum qilindi xabarda.  

So‘roq vaqtida aniqlanishicha, avvalroq B.Hakim prokuraturaga murojaat qilish tahdidi bilan garov sifatida nazoratchiga tegishli "Spark" mashinasi hujjatlarini egallab olgan. Aniqlangan holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda, pochta aloqa uzeli moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmoqda. Shundan keyin amaldorning harakatlariga huquqiy baho beriladi. 

Mavzuga oid