Jahon | 23:05 / 05.02.2017
13473
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyaliklar terisi ostiga chiplar kiritilgan ilk odamlar bo‘ldilar

Belgiyaning Newfusion kompaniyasi o‘z xodimlari terilari ostiga elektron chiplar kiritdi. 

Bu qurilma yordamida xodimlar ofis eshiklarini ocha oladilar. Chip birinchi navbatda kalit vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, qurilma kompyuter texnikasi va boshqa orgtexnikadan foydalanish imkonini beradi.

Teri ostidagi "kalit" xodim haqida shaxsiy ma'lumotlarni saqlaydi. Mikroprotsessor o‘lchami bo‘yicha guruch boshog‘idek keladi, narxi esa 100 yevroga yaqinni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Soir nashri.

Teri ostiga chip kiritilishi Belgiyada birinchi marta qo‘llanilmoqda.

Mavzuga oid