O‘zbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining ilk turida Xitoyga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining (WSB) endigina boshlangan 7-mavsumini mag‘lubiyat bilan boshladi. O‘zbekistonlik bokschilar mavsumning 1-turida mehmonda Xitoyning China Dragons jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi, deb xabar bermoqda sports.uz nashri.
Bu uchrashuvda Uzbek Tigers ("O‘zbek yo‘lbarslari") jamoasini 5 ta vazn toifasida quyidagi bokschilar bildirdilar: Mironshox Ibrohimov (49 kg), Abdulhay Sharahmatov (56 kg), Elnur Abduraimov (64 kg), Ulug‘bek Haqberdiyev (75 kg) va Boburbek Yo‘ldoshev (91 kg).
Uchrashuv "yo‘lbarslar" uchun muvaffaqiyatli boshlandi: 1-jangda Mironshox Ibrohimov raqibi Xin Xuyangni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. 2-jangda Abdulhay Sharahmatov ham Long Yang ustidan shunday hisobda zafar quchdi.
Biroq Elnur Abduraimov noma'lum sabablarga ko‘ra ringga ko‘tarilmagan, Ulug‘bek Haqberdiyev va Boburbek Yo‘ldoshev esa mag‘lubiyatga uchraganlar. Shu tariqa, 1-turda O‘zbekiston Xitoyga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Joriy yilda 12 ta jamoa uch guruhga bo‘lingan. Uzbek Tigers China Dragons, Russian Boxing Team (Rossiya) va Astana Arlans (Qozog‘iston) bilan S guruhidan joy olgan. O‘zbekistonlik bokschilar keyingi uchrashuvni 18 fevralda mehmonda qozog‘istonlik raqiblariga qarshi o‘tkazadilar.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023