Jamiyat | 22:20 / 07.02.2017
23112
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda kobra bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smir uning chaqishidan halok bo‘ldi

Foto: Newslions / SWNS.com

Hindistonning Mumbay shahrida tabiat himoyachisi Somnat Mxatre kobra bilan selfiga tushish vaqtida uning chaqishidan halok bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Mirror nashri. O‘smir kobrani boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan.  

O‘smir volontyor bo‘lib, ilonlarni qutqarish va parvarishlash bilan shug‘ullangan. 18 yoshli o‘smir yuzlab ilonlarni o‘limdan saqlab qolgan, biroq o‘zini ulardan saqlay olmadi.

O‘smirning tanishi aytishicha, Mxatre avtomobil g‘ildiragi ostida topilgan kobrani xavfsiz joyga yetkazishi kerak bo‘lgan. Ilon qutqarilgandan keyin, yigit uni yuzi yoniga olib kelib, boshidan o‘pib selfiga tushmoqchi bo‘lganda ilon uning ko‘kragidan chaqib olgan.

O‘smir tezda shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar 5 kun davomida uning hayoti uchun kurashganlar, biroq o‘smir vafot etgan.

 Newslions / SWNS.com
 Newslions / SWNS.com

Mavzuga oid