O‘zbekiston | 16:56 / 07.02.2017
23629
1 daqiqa o‘qiladi

«Manas» restoranidagi yong‘in to‘liq o‘chirilgan, jabrlanganlar yo‘q

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida Grand Mir mehmonxonasi yonida joylashgan «Manas» restoranida chiqqan yong‘in butkul o‘chirilgan. Muassasa ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmadi.

Yakkasaroy tumani yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida shu restoran yonidagi golf-klub va xususiy uyga ham zarar yetgan.

Video: Toshkentdagi restoranlardan biri olov ichida qoldi

Mavzuga oid