Jamiyat | 19:07 / 07.02.2017
12617
2 daqiqa o‘qiladi

Moviy dengiz va syorfing: Obama hordiq chiqarmoqda

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama britaniyalik milliarder Richard Brensonni syorfing bo‘yicha musobaqada mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda tadbirkor o‘z blogida xabar berdi.

Sobiq davlat rahbari rafiqasi Mishel Obama bilan Britaniyaning Virgin orollaridagi Brensonga tegishli kurortda hordiq chiqargan.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Obama unga prezident bo‘lishdan avval Havayida syorfing bilan shug‘ullangani va yangi xavfsizlik xizmati rahbari o‘shandan keyingi sakkiz yil davomida unda syorfing bo‘lmasligiga va'da berganini aytgan.

Shuning uchun Brenson sobiq prezidentga kaytsyorfingga o‘rganishni taklif qildi (varrak yordamidagi syorfing). Ishbilarmonning o‘zi suv osti qanoti bo‘lgan taxtada syorfing bilan shug‘ullanishni afzal bildi. Natijada do‘stona musobaqa yuzaga keldi: tomonlar mashqlarning so‘nggi kunida kim taxtada ko‘proq qola bilish bo‘yicha bir-birlari bilan bahslashishga kelishib olganlar.

Brensonning xabar berishicha, ular Obama bilan ko‘p bora yiqilishgan, biroq yana harakat qilishda davom etishdi. Milliarder final bosqichida 50 metrlik masofani ortda qoldirgan bo‘lsa, sobiq prezident – 100 metrlik ko‘rsatkichni qayd etdi. 

Endilikda Obama kurortni tark etgach, Brenson keyingi qarama-qarshilik uchun mashqlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid