Jamiyat | 21:57 / 07.02.2017
10515
1 daqiqa o‘qiladi

O‘n yoshli bola internetga ulanolmagach ho‘ngrab yubordi

YouTube’ning Rod Squad taxallusli foydalanuvchisi o‘n yoshli farzandi mehmonxonada Wi-Fi’ga ulanishga muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin yig‘lab yuborgani videosi chop etdi.

Foydalanuvchi videoga izohda mehmonxona ma'muriyati Wi-Fi tarmog‘iga ulanish ko‘rsatkichlarini o‘zgartirgani bolaning talvasaga tushishiga sabab bo‘lganini aytgan. Bola o‘zining  iPad’ida "Transformerlar" filmidagi lavhalarni ko‘rmoqchi bo‘lgan. Biroq internetga urinishlari bekor ketgandan keyin bola yostiqqa yuz tuban yotib, ho‘ngrashni boshlagan.

Foydalanuvchi videokundalik olib boradi va unda o‘z oilasi hayotidan qiziqarli onlarni chop etadi. Uning kanalidagi roliklar odatda 100 ta namoyish ham yig‘maydi, biroq bolakayning ho‘ngrab yig‘lashi videosini 3,5 ming dan ko‘proq foydalanuvchi tomosha qilgan.

Mavzuga oid