O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 77 yoshga kirdi
O‘zbekiston Xalq artisti Tolib Karimov bugun, 7 fevral kuni 77 yoshini nishonlamoqda.
Ustoz san'atkor 1940 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1961 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgach, 1961—63 yillarda institut yo‘llanmasi bilan Qo‘qondagi Hamza nomli teatrda aktyor sifatida ijodiy faoliyatini boshlaydi.
Tolib Karimov 1963 yilda Hamza nomidagi O‘zbek davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatriga ishga o‘tib, to shu kungacha ushbu teatrda faoliyat ko‘rsatib kelmokda. Shu davrda u g‘arb dramaturglari, rus va boshqa qardosh xalqlar, shuningdek, o‘zbek dramaturglarining asarlari asosida sahnalashtirilgan qirqdan ortiq spektakllarda asosiy rollarni o‘ynadi.
Tolib Karimov ijodini televideniyesiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U O‘zbekiston televideniyesida tayyorlangan o‘ttizdan ortiq telepostanovkalarda, shuningdek, "Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi" teleko‘rsatuvlarida ham ko‘plab asosiy rollarni ijro etdi.
Tolib Karimovga 1987 yilda "O‘zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi. "Qutlug‘ qon" spektaklida Tantiboyvachcha rolini ijro etgani uchun u 1989 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Aktyor 1997 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.
Kun.uz tahririyati O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimovni tavallud kuni bilan tabriklaydi. Ustoz san'atkorga uzoq umr, mustahkam sog‘liq tilab qoladi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024