Politsiya zo‘ravonligiga qarshi chiqayotganlar Parij yaqinida avtomobillarga o‘t qo‘ymoqdalar
Fransiyada politsiya zo‘ravonligiga qarshi chiqayotganlar Parij yaqinidagi Bobini shaharchasida avtomobillarga o‘t qo‘ymoqdalar, deb xabar bermoqda RT telekanali.
Noroziliklarda o‘nlab odamlar ishtirok etmoqda. Ular qo‘llarida "Teo uchun adolat" degan plakatlarni ko‘tarib olishgan. Gap politsiya xodimlari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan yigit haqida ketmoqda.
Parijda ommaviy noroziliklar 6 fevralda politsiya 22 yoshli marokashlik yigitni ushlagandan keyin boshlangan. Yigit giyohvand moddalar sotishda gumon qilinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan va u yerda do‘pposlanib, zo‘rlangan. Hozirda jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda. Ushbu holat yuzasidan 4 nafar politsiyachiga ayblov qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
00:01 / 08.12.2024