Saratonga qarshi kurashishning eng oddiy usuli aniqlandi
Ma'lumki, ko‘k choy aksiloksidantlar va ozuqaviy moddalarga boy. U yurak-qon tomir kasalliklari, saraton xavfini kamaytirish bilan birga vazn tashlashga ham yordam beradi. Bu haqida Xabardor.uz yozmoqda.
Endi esa Vashington universiteti olimlari va ularning hamkasblari ko‘k choy komponenti - epigallokatexin gallati ko‘plab miyeloma va amiloidozlari bo‘lgan odamlar uchun foydali ekanini aniqlashdi.
Amiloidoz - oqsil almashinuvining buzilishi. Uning shakllaridan biri bo‘lmish AL-amiloidozda qon plazmasida immunoglobulinlarning anomal yengil zanjiri hosil bo‘ladi.
Ular turli organlarda yig‘ilib qolishi mumkin, masalan, yurak va buyraklarda.
Mutaxassislar zanjirlarning qanday ishlashini tushunishga harakat qilib ko‘rishdi. Shuningdek ular epigallokatexin gallatining zanjirga ta'sirini o‘rganishdi.
Olimlar miya iligi patalogiyasi bo‘lgan 9 nafar bemor immunoglobulini yengil zanjirlari namunalarini olishdi. Tadqiqotlar davomida olimlar epigallokatexin gallatining zanjirlarni xavfsiz holatga keltirgani aniqlandi.
Mavzuga oid
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:34 / 10.12.2024