Sport | 19:06 / 13.02.2017
24667
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino Messidan keyin kim dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishini taxmin qildi

«Barselona» va Braziliya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Ronaldino kelajakda dunyoning eng kuchli futbolchisi kim bo‘lishi borasida ikkilanishini aytib o‘tdi. Ilgari u kataloniyaliklar hujumchisi Neymar eng kuchli futbolchi bo‘lishiga shubha qilmasligini ta'kidlab kelardi.

«Hozirgi vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi Messi sanaladi. Har doim kelajakda Neymar eng yaxshi bo‘lishini ta'kidlab kelganman. Ammo hozir bunga ikkilanib turibman. Chunki Gabriel Jyezus ham bunga erishishi mumkin, buning uchun unda barcha xususiyatlar mavjud. Jyezus ishtirokida o‘yinlarni ko‘rarkansan, uni hech narsadan qo‘rqmasligiga guvoh bo‘lasan. U faqatgina to‘p tepish va o‘zining o‘yin sifatini to‘liq namoyish etishni istaydi», — deya Ronaldinoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

19 yoshli hujumchi Jyezus 2017 yilning yanvarida «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan, APL doirasidagi 2ta uchrashuvda to‘liq harakat qilgan futbolchi, 3 gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lishga ulgurdi.

Mavzuga oid