Jahon | 09:06 / 14.02.2017
3887
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi ko‘mir konida halokatli portlash yuz berdi

Xitoy janubi-sharqida joylashgan Xunan viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida sakkiz konchi halok bo‘ldi. Bu haqda ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha davlat boshqarmasi seshanba kuni xabar qildi.

Hodisa Loudi shahar okrugining Lyanyuan aholi punktidagi konda kechasi sodir bo‘lgan. Portlash vaqtida yer ostida 29 konchi bo‘lgan, ulardan 18 nafari tepaga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, bir inson jarohatlandi.

Davlat boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv amaliyoti davomida sakkizta konchining jasadi topildi, yana uch nafar inson taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etayapti. Ro‘y bergan voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda, portlash sabablari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid