Hollivudlik aktyor Hyu Jyekmanda yana teri saratoni aniqlandi
Mashhur aktyor Hyu Jyekmanda yana bazilioma – teri saratonining turlaridan biri aniqlandi. Unda teri epiteliyasining bazal qismida o‘simta paydo bo‘ldi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, “Rosomaxa” yulduzida avval ham teri saratoni – bazilioma olti bor kuzatilgan.
- Yana bazilioma. Tez-tez tibbiy tekshiruvdan o‘tishlar va ajoyib shifokorlar sabab hammasi yaxshi. Rostini aytsam, aynan shu bintlar tufayli u dahshatli ko‘rinadi, - deb yozdi aktyor “Instagram”dagi sahifasida.
Variety’ning xabar berishicha, aktyorda teri saratoni olti bor kuzatilgan, so‘nggi marotaba esa 2013 yilda bunday jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Hyu Jyekman o‘z muxlislarini quyoshdan himoya qiluvchi moylardan foydalanish va tibbiy tekshiruvdan tez-tez o‘tib turishga chaqiradi.
Mavzuga oid
14:42 / 05.12.2024
Ifloslangan shahar havosi saraton keltirib chiqarishi aniqlandi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024