Jahon | 17:41 / 19.02.2017
16468
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Lavrov Xalqaro atom energetikasi agentligi rahbari bilan uchrashuvdan oldin xonani tekshirdi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Xalqaro atom energetikasi agentligi tashkiloti bosh kotibi Yukiya Amano bilan uchrashuv boshlanishidan oldin xonada eshituv moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi haqida hazil qildi. Uchrashuvdan parcha RT tomonidan tarqatilgan.

Amano bilan ko‘rishgach, Lavrov xona burchaklarini tekshirgan.

"Bu yerda nima? Eshikmi? Devormi? Bizni eshitishmaydimi?" – deya qiziqqan Lavrov.

Ushbu uchrashuv Myunxendagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha konferensiya doirasida o‘tkazildi. Sergey Lavrov Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikni yuqori baholagan. U tashkilotning Tehronning yadro dasturi yuzasidan muzokaralarda kelishuvga erishilishidagi xizmatini e'tirof etgan.

Mavzuga oid