Samarqandda "GAZ" mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Rossiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining yo‘nalishlaridan biri avtomobilsozlik sanoatida kooperatsiya bo‘lishi mumkin.
24post.uz nashri ma'lumotlariga ko‘ra, bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiyaning yengil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi – "GAZ" guruhi o‘z avtomobillarini Samarqand avtomobil zavodida yoki O‘zbekiston hukumati tavsiya qilgan boshqa bir maydonda birgalikda ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirmoqda.
"O‘zbekiston rahbarlari tomonidan ular bu loyihani amalga oshirishda hech qanday to‘sqinlik ko‘rishmayotgani aytilgan", deb aytdi Yevtuxov.
Yevtuxovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda Vektor-410 oziqa va g‘alla yig‘uvchi kombaynlarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhokama qilinmoqda.
Rossiya vakilining aytishicha, bunda "Rostselmash" O‘zbekistonga Vektor-410 kombaynlarini Pokiston, Turkmaniston va Afg‘onistonga eksport qilish huquqini taqdim qiladi.
Rossiya tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikning bu va boshqa masalalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aprelda Rossiyaga tashrifi vaqtida batafsil ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024