Jahon | 07:54 / 25.02.2017
19947
1 daqiqa o‘qiladi

6 ta davlat BMT Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi

Foto: Albin Lohr-Jones / ZUMAPRESS / Globallookpress

Liviya va Venesuela BMTga a'zolik badalini to‘lamaganlari uchun BMT Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldilar. Bu haqda BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 
  
Venesuelaning qarzi 24 mln dollarni tashkil qilgan. Oxirgi uch yil ichida bu mamlakat BMTda ovoz berish huquqidan 2 marta mahrum etilgan. Liviya esa xalqaro tashkilot oldida 6,5 mln dollar qarzga ega.   

"Agar BMTga a'zo davlatlar badal to‘lay olmasalar, bunga BMTning Xartiyasi bor", deb aytgan Dyujarrik.

Liviya va Venesueladan tashqari, ovoz berish huquqidan Papua-Yangi Gvineya, Sudan, Kabo-Verde, Vanuatu ham mahrum bo‘ldilar. Ular 12 mingdan 265 ming dollargacha badal to‘lashlari kerak. Ovoz berish huquqini badallar to‘langach, qaytarib olish mumkin.

Mavzuga oid