Sport | 10:06 / 26.02.2017
6609
2 daqiqa o‘qiladi

Uaylder beshinchi marta WBC kamarini himoya qildi

Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder superog‘ir vazn toifasida beshinchi marta kamarini himoya qildi.

U amerikalik boshqa bir bokschi Jyerald Vashingtonga qarshi ringga ko‘tarilib, 12 raundlik jangning 5-raundida uni texnik nokaut holatiga tushirgan.

Uaylder 2016 yil mayida u va rossiyalik Aleksandr Povetkin janggi qoldirilganidan so‘ng ikkinchi marta ringga chiqdi. U 2016 yilning 17 iyulida Alabama shtatidagi Birmingem shahrida bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda hamyurti Karis Arreolani 8-raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.

Professional ringda 38-jangini olib borgan Deontey barchasida (37 tasi nokaut bilan) g‘alaba qozongan. U 2015 yilda qo‘lga kiritgan chempionlik unvonini beshinchi marotaba himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder 2016 yilning 21 may kuni rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan jang o‘tkazishi rejalashtirilgandi, biroq rossiyalik bokschining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uchun jang noma'lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov ishi davom etguniga qadar Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi.

Mavzuga oid