Fan-texnika | 17:27 / 06.03.2017
12076
1 daqiqa o‘qiladi

Bentley yangi mashinalar seriyasini taqdim etdi

Bentley kompaniyasi Mulliner’dan Mulsanne Hallmark avtomobillari seriyasini taqdim etdi. Bu haqda «Lenta.ru» marka matbuot xizmatiga asosan xabar berdi. Unga yangi modellar, jumladan Speed va Extended Wheelbase nusxalari ham kirgan.

Cheklangan seriyaga dizayni tilla va kumush elementlarga ega bo‘lgan 50ta avtomobil kiritildi. Rasmiy premera Jyenevadagi xalqaro avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

2016 yilning bahorida yangilangan Mulsanne’ning rasmiy taqdimot marosimi Jyenevadagi avvalgi xalqaro avtosalonda o‘tkazilgandi.

Mashina 5,3 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka chiqa oladi, maksimal tezlik esa soatiga 296 kilometrga teng. Yangi Mulsanne’ning V8 dvigateli muhim texnologiyalar bilan jihozlangan: silindrlarning qisman o‘chirilish funksiyasi va gaz taqsimlash bosqichlarning o‘zgarish tizimi, bu yoqilg‘i sarfini tejash imkonini beradi.

 

Mavzuga oid