Jahon | 07:49 / 06.03.2017
15289
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya noma'lum turdagi raketalar uchirdi

Foto: AP

Shimoliy Koreya 6 mart ertalab Yapon dengizi tomon noma'lum turdagi raketalar uchirdi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Kiodo" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, raketalar Pxenan-Pukto viloyatidagi Tonchxanni posyolkasi yaqinidagi Soxe kosmodromidan uchirilgan. Raketalar Yaponiyaning Akita prefekturasidagi Ogo yarimorolidan g‘arbga tomon 300-350 km uzoqlikda qulagan.
 
Axborot agentligining ma'lum qilishicha, hammasi bo‘lib 4 ta raketa uchirilgan. Ular Shimoliy Koreya hududi uzra uchib o‘tib, Yapon dengizidagi Yaponiyaning iqtisodiy hududiga tushgan.     

Seul Shimoliy Koreya KN-08 yoki KN-14 qit'alararo ballistik raketasini uchirganini taxmin qilmoqda. Shimoliy Koreyaning bu raketa sinovlari Janubiy Koreyada AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlariga javob bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Koreya xalq armiyasi o‘tgan haftada Shimoliy Koreya bunday harakatlarga javob choralari ko‘rishga majbur bo‘lishidan ogohlantirgan.  

Mavzuga oid