Sport | 17:55 / 10.03.2017
7140
2 daqiqa o‘qiladi

APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi

Angliya premer-ligasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi aniq bo‘ldi. Premer-liga matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Qayd etish kerakki, Gvardiola bu sovrinni ilk marta qo‘lga kiritmoqda.

«Manchester Siti» o‘tgan oy davomida o‘tkazilgan uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.

Oyning eng yaxshi murabbiyligi uchun «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino va «Vest Bromvich» bosh murabbiyi Toni Pulis ham da'vogarlik qilgandi.

«Tottenhem» hujumchisi Hari Keyn APLda fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Shporlar» hujumchisi fevralda APL o‘yinlarida 4 golga mualliflik qildi: bir gol «Midlsbro» darvozasiga (1:0) va 3 gol «Stok Siti» darvozasiga (4:0). Qayd etish kerakki yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi uning jamoadogi Dele Alli bo‘lgandi.

Bu sovrin uchun Keyndan tashqari Jyezus («Manchester Siti»), Romelu Lukaku («Everton»), David Silva («Manchester Siti»), Garet Makoli («Vest Bromvich») va Elden Yakubovich («Hall») ham da'vogar bo‘lgandi.

Mavzuga oid