Fan-texnika | 16:59 / 10.03.2017
14519
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8 kloni uning asl nusxasidan avval paydo bo‘ldi

So‘nggi paytlarda internetda keng tarqalib borayotgan Samsung Galaxy S8 flagman smartfonining ko‘p sonli surat va videolari xitoyliklarga yangi qurilmaning taqdimotini ham kutib o‘tirmay, uning klonini ishlab chiqish g‘oyasini berdi. Aftidan, Samsung qurilmasining yangi protsessorlarini ishlab chiqarishdagi uzilishlar sabab smartfon sotuvlarining kechiktirilishidan (2017 yilning aprel oyi oxirida) so‘ng xitoylik tadbirkorlarning sabri chidamagan ko‘rinadi. "24 Gadget" shu haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi. 

Suratlarga ko‘ra, klon korpusi original qurilmaning tashqi qiyofasini takrorlaydi, biroq u juda qalin, pastki qismida esa "eskirgan" micro-USB hududi mavjud. Shuningdek ovozli assistent Bixby'ni chaqirish tugmasi yo‘q, old kameradagi qora nuqtalar esa foydalanuvchi uchun hech qanday foyda keltirmaydigan butaforiya hisoblanadi. Unda Iris skaneri ham o‘rnatilmagan. «Samsung» logotipi esa biryo‘la ikki panelda aks ettirilgan - aftidan bu taklif qilinayotgan qurilmaning original ekaniga ishontirish maqsadida shunday qilingan. 

Xitoy internet-maydonlaridan soxta nusxani xarid qilishni istovchilar topilmasligiga umid qilamiz, zero u faqat tashqi ko‘rinishi jihatidangina Samsung Galaxy S8'ga o‘xshab ketadi. Unda na yuqori texnologiyali kamera va na tezkor barmoq izlari skaneri bor. Xitoycha Galaxy S8 qurilmasining bahosiga oydinlik kiritilmagan.

Mavzuga oid