Niderlandiya politsiyasi turk vaziri mashinasini to‘xtatdi
Niderlandiya politsiyasi Rotterdamda Turkiyaning oila ishlari va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betul Sayon Kayya avtomobilini to‘xtatdi. Bu haqda "Er-te-ve Reynmond" telekanali xabar bermoqda.
Vazir Niderlandiyaga Germaniyadan avtomobilda kelgan, chunki avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luning samolyotiga Niderlandiyada qo‘nishga ruxsat berilmagan. Hozirda Turkiya hukumati a'zolari mamlakatdagi konstitutsiyaviy islohotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yevropaning bir qator davlatlarida siyosiy kampaniya o‘tkazishmoqda. Niderlandiyada esa turk siyosatchilarining ishtirokidagi tadbirlar xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlab qo‘yildi.
Avvalroq Kayya Niderlandiyaga avtomobilda bo‘lsa ham yetib olishini aytgandi.
Vaziyat qanday rivojlanishi noaniq qolmoqda. Kayya uni bir necha o‘nlab gollandiyalik turklar kutayotgan konsullikka kelishi kerak edi. Biroq Rotterdam rahbariyati konsullikka olib keluvchi barcha yo‘llarni berkitib, bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Mavzuga oid
00:20 / 10.12.2024
Niderlandiyada ichki chegara nazorati joriy etiladi
20:40 / 06.12.2024
G‘ayrat Fozilov Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
23:41 / 03.12.2024
Yevropa Ittifoqining yana bir davlati majburiy harbiy xizmatni qayta tiklashi mumkin
13:55 / 18.11.2024