Sport | 12:55 / 19.03.2017
12337
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich «MYu»da qolishi shartini ma'lum qildi

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich keyingi mavsumda ham «Manchester Yunayted»da qolishga tayyor. The Sun xabariga ko‘ra, buning uchun klub uning maoshi miqdori oshirib, Ueyn Runi va Pol Pogbaniki bilan tenglashtirib berishi kerak.

Ibrahimovich «Manchester Yunayted» bilan o‘tgan yilning yozida «1+1» shaklida shartnoma tuzgandi. 35 yoshli futbolchi shartnomani uzaytirishga rozi, buning uchun u jamoada eng yuqori maosh oluvchi 3 futbolchidan biriga aylanishi kerak. Hozirda Ueyn Runi va Pol Pogba haftasiga 300 ming funt miqdoridagi maosh bilan ta'minlangan. Ibrahimovichning hozirgi kundagi maoshi esa haftasiga 260 ming funtni tashkil etadi.

Bundan oldinroq ushbu futbolchi uchun AQSh va Xitoydan ko‘p millionlik shartnomalar taklif qilinayotgani haqida xabarlar berilgandi.Joriy mavsumda Ibrahimovich «Manchester Yunayted»ning barcha turnirlari doirasida 41 uchrashuvda maydonga tushgan va 26 gol urgan.

Mavzuga oid