Sport | 13:51 / 19.03.2017
18563
2 daqiqa o‘qiladi

Venger qo‘rqinchli narsa haqida gapirdi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger ma'lum qildiki, jamoa hujumchisi Aleksis Sanches APLning 29-turi doirasida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinda jiddiy jarohat olgan. Birinchi bo‘limda bir necha marta raqib futbolchilari tomonidan qo‘pollik ishlatilgan futbolchi jarohati bilan o‘yinni davom ettirgandi.

«Aleksisning o‘ng to‘pig‘i suyagi qo‘rqinchli holatda. U ikkinchi bo‘limda maydonga qaytmasligi kerak edi, ammo u o‘ynashni istadi. O‘yin oxirida uni maydondan olishga qaror qildim.

Aleksis Chili terma jamoasi o‘yinlarida qatnashadimi? Agar bu jiddiy jarohat bo‘lib chiqmasa, ha. Agar aksincha bo‘lsa, yo‘q», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan BBC Sport.

«Arsenal» keyingi uchrashuvni 2 aprel kuni o‘tkazadi, ammo Sanches Chili terma jamoasidan chaqiruv olgan, chililiklar JCh-2018 saralashi doirasida Argentina (24 mart) va Venesuela (29 mart) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Mavzuga oid