Sport | 15:06 / 13.04.2017
9143
2 daqiqa o‘qiladi

APLda yil futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar aniq

Angliya Professional futbolchilar assotsiatsiya (PFA) APLning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogar futbolchilar nomini e'lon qildi.

Tashkilot rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, premer-liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun bir yo‘la olti futbolchi da'vogarlik qilmoqda.

Bular Eden Azar, Ngolo Kante (ikkalasi – «Chelsi»), Zlatan Ibrahimovich («Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem»), Romelu Lukaku («Everton») va Aleksis Sanches («Arsenal»).

Eden Azar mavsum davomida jamoasi o‘yinlarida 14 gol urgan, 5ta golga hammualliflik qilgan, 64ta golli vaziyat yaratgan hamda 128 marta raqibni aldab o‘tgan.

Romelu Lukaku joriy mavsumda «Everton»ning 31 uchrashuvida maydonga tushdi va 23ta gol urdi. Bu APLdagi «Midlsboro» jamoasi futbolchilari urgan jami gollar (22ta) sonidan ko‘pdir.

Harri Keyn «Tottenhem»ning 23 o‘yinida 19ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

Aleksis Sanches APL o‘yinlarida 18ta gol urdi hamda 9ta golga pas bergan.

«Chelsi»ga joriy mavsum arafasida kelib qo‘shilgan N'Golo Kante joriy mavsumda APLda yakkakurashlarda eng ko‘p marta g‘olib chiqqan eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi bo‘lib turibdi.

Zlatan Ibrahimovich esa 17ta gol urib, 5ta golga hammualliflik qilgan holda jamoasining eng sermahsul futbolchisi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yilning eng yaxshi futbolchisi nomini «Lester» yarimhimoyachisi Riyoz Mahrez qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid