Sport | 21:55 / 27.02.2019
7368
2 daqiqa o‘qiladi

Azar: «Hammasiga Sarri aybdor emas»

«Chelsi» hujumchisi Eden Azar bosh murabbiy Mauritsio Sarrining yonini oldi.

«Biz hammamiz yakdilmiz, murabbiy bilan birgamiz. Bilaman, bu oyda bizga oson bo‘lmadi, ammo mavsum yakuniga ko‘ra yaxshi natijaga umidvor bo‘lish uchun, hammamiz bir tan, bir jon bo‘lishimiz kerak. 

Hozir jamoa bosim ostida qolgan, muxlislar bizni APL kuchli to‘rtligiga kirishimizni istayaptilar. Ammo biz – «Chelsi»miz va bosimga bardosh bera olamiz. Biz g‘alaba qozonamiz, har birimiz Sarri uchun, «Chelsi» uchun, fanatlar uchun va o‘zi uchun to‘p tepadi. Hamma narsada murabbiyni ayblash kerak emas. To‘g‘ri, tarkibni u tanlaydi, biroq, shundan keyin barcha javobgarlik futbolchilar zimmasiga yuklatiladi», — deb Azar so‘zlarini keltirmoqda «Chelsi» sayti.

Mavzuga oid