Sport | 20:19 / 22.03.2017
16640
2 daqiqa o‘qiladi

Babayan Suriyaga qarshi Sergeyev xizmatidan foydalanmaydi

JCh–2018 saralash bosqichi 6-turidan o‘rin olgan Suriya – O‘zbekiston uchrashuvini O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar futbolchisi o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ma'lum qilgan.

«Saralash bosqichida oltinchi o‘yin ostonasida turibmiz, biroq optimal tarkibda o‘ynash nasib etmayapti. Denisov maydonga tusha olmaydi, hujum chizig‘idagi Igor Sergeyev va Eldor Shomurodovning ertangi bahsda ishtirok etishi ham so‘roq ostida turibdi.

Shunga qaramay, bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va maydonda nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatib, biz uchun kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz», deya Babayandan iqtibos keltiradi O‘FF rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Suriya va O‘zbekiston uchrashuvi 23 mart kuni Malayziyaning Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid