Sport | 08:22 / 23.03.2017
6161
1 daqiqa o‘qiladi

Mayamidagi tennis uchrashuvi iguana sababli to‘xtatildi

Mayamida o‘tayotgan Masters seriyasidan o‘rin olgan musobaqadagi uchrashuvlardan birida kutilmagan holat yuz berdi. Gap shundaki, uchrashuvning avji pallasida kortdagi elektron tabloga iguana o‘rmalab chiqib oldi. Bu haqda Professional tennischilar uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Maydon xodimlari iguanani dumidan ushlab olmoqchi bo‘lganlarida, u kortga qochib chiqib ketgan. Ushbu kulgili holat uchrashuv ishtirokchilari – germaniyalik tennischi Tommi Xaas va chexiyalik Irji Veseliga bir oz nafaslarini rostlab olishlariga imkon berdi va maydonda yig‘ilganlarda tabassum uyg‘otdi.

Uchrashuv chexiyalik tennischining 7:6 (7:5), 3:6, 5:7 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Mavzuga oid