Jamiyat | 19:45 / 24.03.2017
18613
2 daqiqa o‘qiladi

Talaba qiz zamonaviy texnologiya aybi bilan sahroda besh kun qolib ketdi

AQShning Texas shtatilik talaba qiz Amber Van Xeke Arizona shtatidagi sahroda navigator unga aslida yo‘q bo‘lgan yo‘lni ko‘rsatganidan so‘ng adashib qoldi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Qiz Katta kanonni tomosha qilish uchun safarga chiqqan, sayohatning ikkinchi kuni navigator unga aslida yo‘q bo‘lgan yo‘l bo‘ylab harakatlanishni taklif qilgan.

Tez orada qizning mashinasida benzin tugagan. Amber mobil aloqa ishlamagani tufayli qo‘ng‘iroq ham qila olmadi. Talaba qiz keyingi bir necha kunni Katta kanondan uzoq bo‘lmagan sahroda o‘tkazdi hamda yong‘oqlar, urug‘lar va quruq mevalar bilan oziqlangan. U issiq ob-havo paytida avtomobil asboblar panelida tez tayyorlanadigan lag‘monni ham pishirgan. Qiz faqatgina beshinchi kuni qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruvchilar vertolyoti uchib kelib, qizni kasalxonaga olib ketdi. Unda kuyish jarohatlari va suvsizlanish aniqlandi. 

"Men bu sahroda o‘laman deya o‘ylay boshlagandim", - deya aytib o‘tdi talaba qiz.

Mavzuga oid