Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi
Niderlandiyadagi Erazm Rotterdamskiy nomidagi universitetning tibbiy markaz olimlari sichqonlarda qarishga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqida Cell jurnali xabar berdi.
Insonning yoshi o‘tgani sayin to‘qimalarda qariyotgan hujayralar yig‘ilib qoladi. Olimlarning fikricha, ular artrit va diabet kabi kasalliklarning rivojlanishiga turtki berar ekan. Niderlandiyaliklar tomonidan ishlab chiqilgan "yoshlik eliksiri" ana shu hujayralarni yo‘q qiladi, bu esa qarish jarayonini to‘xtatish imkonini beradi. Qariyotgan hujayralarni o‘z-o‘zini yo‘q qilishga undovchi peptid preparat tarkibiga kiradi.
Preparat qariyotgan sichqonlarda sinalganidan keyin ularning jismoniy chidamliligi oshgan - tadqiqotchilar kemiruvchilar ko‘p vaqtlarini "g‘ildirak"da harakatlanib o‘tkazganini ta'kidlashdi. Bundan tashqari, "yoshlik eliksiri"ni qabul qilgan jonivorlar sinov vaqtida bosib o‘tgan masofa deyarli ikki barobarga oshgan.
Olimlar shuningdek sichqonlarning ichki organlari faoliyati yaxshilanganini ham qayd etishdi.
Tadqiqot mualliflari mazkur preparat saraton bilan kurashda samarali bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Keyingi bosqichda yangi preparat insonlarda sinab ko‘riladi.
Mavzuga oid
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:34 / 10.12.2024
Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi – tadqiqot
11:29 / 09.12.2024