Jahon | 21:46 / 27.03.2017
13401
3 daqiqa o‘qiladi

Istanbul Photo Awards-2017 fototanlovi g‘oliblari e'lon qilindi

Istanbul Photo Awards-2017 fototanlovi g‘oliblarining nomi e'lon qilindi. "Anadolu" agentligi tomonidan uchinchi marta o‘tkazilgan tanlov hay'atiga 25 ming surat taqdim etildi. 

Hakamlar hay'ati sakkiz nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashdi. 

Hay'atning 19-22 mart kunlari Kappadokiyada olib borgan ishi davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha uchtadan fotolavhalar tanlab olindi. 

"Yangilik surati" yo‘nalishi bo‘yicha "IShIDdan qochish" surati muallifi fransiyalik suratkash Frederik Lafarj g‘olib bo‘ldi. 

Gretsiyalik suratkash Aris Messinis AFP agentligi uchun olgan "O‘rta yer dengizidagi halokat" surati bilan "Seriyali yangiliklar" nominatsiyasida g‘olib sifatida e'tirof etildi. 

"Bir yangilik" nominatsiyasida Adam Prettining Getty Images uchun olgan "Sath ostida" surati g‘olib bo‘ldi. 

"Sport" nominatsiyasida - Patrik Smit, "Seriyali portret" yo‘nalishida Meri Gelman g‘alabani qo‘lga kiritishdi. "Bir portret" nominatsiyasida g‘olib aniqlanmadi. 

"Tabiat va atrof-muhit" nominatsiyasidagi mukofotlarni Kemal Jyufri "Yetim maymunlar haqida qayg‘urish" va Jonni Miller "Papwa Sewgolum golf maydoni" suratlari bilan qo‘lga kiritishdi. 

"Yosh suratkash" nominatsiyasida g‘azolik frilanser Xosam Salim "G‘azo ko‘chasidagi o‘quv mashqi" surati uchun  mukofotlandi.

Istanbul Photo Awards-2017 tanloviga Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) homiylik qildi. 

Tanlovning mukofot puli 133 AQSh dollarini tashkil qiladi. 

Har bir nominatsiya g‘olibi 8 ming dollarga ega bo‘ladi, ikkinchi o‘rin sohiblari - 5 ming dollardan, uchinchi o‘rin egalari esa 3 ming dollar bilan mukofotlanishadiyu

Bundan tashqari, "Yil suratkashi" nominatsiyasi g‘olibi 10 ming dollarni qo‘lga kiritadi. 

Joriy yildagi tanlov dasturiga yangi nominatsiyalar qo‘shildi - "Portret", "Tabiat va atrof-muhit".

Tanlovda 17 mamlakatdan jami 22 nafar suratkash mukofotlandi. 

Tanlangan fotoasarlar Mimar Sinan nomidagi San'at universiteti ko‘rgazmasida namoyish etiladi. 

Mavzuga oid