Jahon | 07:38 / 27.03.2017
11298
1 daqiqa o‘qiladi
Parij yaqinida kuchli portlash yuz berdi
Parij shimolidagi Bondi kommunasida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda fransuz OAV xabar bermoqda.
Voqea joyida birinchi portlashdan keyin kuchli yong‘in chiqqan va uning ortidan bir qator baland ovozdagi gumbirlash ovozlari yangragan. Ovozlar yaqin oradagi hududlarda ham aniq eshitilgan, deb xabar bermoqda Global News telekanali.
Telekanalning ta'kidlashicha, voqea sabablari va jabrlanganlar haqida hech narsa ma'lum emas. Voqea joyida kuchli yong‘in chiqqan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ma'lum qilishicha, ko‘prikda yuk mashinasidagi gaz ballonlari portlagan.