Putin maxsus vakili O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatiga yuqori baho berdi, deb xabar bermoqda Respublika Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Moskvalik mehmon Toshkentda ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Avvaliga Mixail Shvidkoy O‘zbekiston madaniyat vaziri Mahmud Muratov bilan uchrashdi. Tomonlar madaniyat va san'at sohalardagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuvda Shvidkoy O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatiga yuqori baho berdi. U shuningdek O‘zbekiston va Rossiya hududlarida qo‘shma madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilayotganini qayd etdi. Tomonlar yaqin kelajakda madaniy-gumanitar munosabatlarni yanada yaxshilashga kelishib olishdi.
Shu kunning o‘zida Putinning maxsus vakilini O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Tomonlar madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida dinamik rivojlanayotgan aloqalarning muhim qismi sifatida muhokama qilishdi.
Shu nuqtai nazardan ta'kidlanganidek, A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyida O‘zbekiston Milliy muzeyi jamg‘armasining katta miqdordagi rassomchilik va grafika asarlari, arxeologiya topilmalari va amaliy san'at ishlari taqdim etiluvchi bo‘lajak “Sharq xazinasi” nomli keng miqyosli ko‘rgazma, shubhasiz, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarida hamda Moskva madaniy hayotida timsoliy voqeaga aylanadi.
Xabarda aytilishicha, suhbat davomida o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024