Fan-texnika | 21:46 / 31.03.2017
19129
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8'ni osongina blokdan yechish usuli aniqlandi (video)

Yaqindagina taqdimoti bo‘lib o‘tgan Samsung Galaxy S8 flagmani kutilganidek xavfsiz bo‘lib chiqmadi. 

Ma'lum bo‘lishicha, smartfonni faqat egasi blokdan yechishi mumkin bo‘lishi uchun maxsus ishlangan yuzdan taniy olish  funksiyasini aldash u qadar qiyin emas ekan. Business Insider shu haqida xabar berdi

Ushbu kamchilik iDeviceHelp ekspertlari tomonidan aniqlangan. Ular smartfonni oddiy surat yordamida blokdan yechishga muvaffaq bo‘lishgan. Buning uchun frontal kamera qarshisida smartfon sohibining surati ko‘rsatiladi - qurilma uning qarshisida real inson deb o‘ylab, blokdan osongina yechiladi. Jarayon atigi bir necha soniya vaqt olgan. 

Albatta, Samsung kompaniyasida yuzdan taniy olish funksiyasining barmoq izlari yoki Iris skaner kabi xavfsiz emasligini aytilgan, biroq smartfonni birgina surat orqali blokdan yechish kishini biroz o‘ylantirib qo‘yadi.

Mavzuga oid