Brexit'dan keyin Britaniya pasportlarining an'anaviy rangi qaytarilishi mumkin
Britaniyaning qizil rangdagi pasportlari 2019 yilda, ya'ni mamlakat Yevropa Ittifoqi (YeI)dan chiqqanidan so‘ng an'anaviy to‘q ko‘k rangga qaytishi mumkin. The Guardian shu haqida xabar berdi.
Buyuk Britaniya pasporti yangi versiyasi dizaynini o‘zgartirish va ishlab chiqarish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida mamlakat hukumati 490 million funt ajratmoqda.
Britaniya IIV vakili mamlakat pasporti soxta hujjatlardan himoyalanish maqsadida har besh yilda o‘zgarishini ma'lum qildi.
Joriy shartnoma 2019 yilda yakunlanadi, Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishini yoqlovchi ko‘plab siyosatchilar bu an'anaviy pasport dizaynini qaytarish uchun eng yaxshi imkon deb hisoblashadi.
Idorada bu borada yakuniy qaror chiqarilmagani ta'kidlandi. 2017 yilning 29 martida mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Brexit jarayoniga start bergani bois Britaniya 2019 yilda YeIni tark etishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
21:56 / 11.12.2024
Britaniya birinchi marta dronni lazer yordamida urib tushirdi
17:33 / 07.12.2024