Udmurdiston gubernatori katta miqdorda pora olganlikda gumon qilinib hibsga olindi
Moskvaning Basman tuman sudi Udmurdiston Respublikasining endilikda sobiq rahbari Aleksandr Solovyovni ikki oyga hibsga olishga ruxsat berdi. Sud qarori sobiq amaldorni salomatligi sababli uy qamog‘iga olish haqidagi iltimosga qaramay qabul qilindi. 67 yoshli Solovyov advokatlarining aytishicha, bir yil avval sobiq amaldorning buyragi olib tashlangan va shuning uchun u doimiy tibbiy kuzatuv va maxsus dori-darmonlar qabul qilishga ehtiyojmanddir.
Sudya Artur Karpovning tushuntirishicha, agar Solovyovga yumshoqroq hukm chiqarilganda u huquq-tartibot idoralari xodimlari va mansabdor shaxslar bilan aloqalaridan foydalanib tergovning borishiga bosim o‘tkazishi, guvohlarni qo‘rqitishi hamda mul-mulkka ega bo‘lgan Ispaniyada yashirinishi mumkin edi.
Solovyov 4 aprelga o‘tar kechasi ushlangan va Moskvaga olib ketilgan. Keyinroq unga nisbatan yo‘l qurilishlarida vakolatlarini suiste'mol qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shu sababli Rossiya prezidenti Vladimir Putin Solovyovni Udmurdiston rahbari lavozimidan "ishonchni yo‘qotgani" sababli bo‘shatishga qaror qilgan. Putin Solovyov o‘rniga Jamoatchilik palatasining sobiq kotibi Aleksandr Brechalovni vaqtinchalik tayinladi.
Tergov taxminiga ko‘ra, Solovyov Kama va Buy daryolari ustidan ko‘priklar qurilishida 140 mln rubl miqdorida pora olgan. U bu pullarni ko‘priklarni qurish bilan shug‘ullangan kompaniya vakillaridan 2014-2016 yillar davomida olgan.
Tergovchilarning fikricha, sobiq amaldor bu pullar evaziga qilingan ishlar uchun federal va hududiy byudjyetlardan navbatdan tashqari to‘lovlar amalga oshirilishini ta'minlashi hamda qum va qum-shag‘al qorishmasini geologik o‘rganish, razvedka qilish va qazib olish uchun litsenziya ajratishi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
14:48 / 17.11.2024