Jamiyat | 12:08 / 07.04.2017
5882
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda “Profilaktika kuni” qanday o‘tdi

“Profilaktika kuni” tadbirlari Buxoro viloyati hududida ham jonbozlik ruhida tashkil etildi. Barcha korxona, tashkilot va idoralarda o‘tkazilgan yo‘riqnomalardan so‘ng xodimlar tegishli yo‘nalishlarda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarish uchun otlandilar.

Jumladan, tadbirga jami 1996 nafar ichki ishlar idoralari xodimlari jalb etilib, unda 4524 nafar jamoatchilik vakillari hamda 149 nafar boshqa huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari faol ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida, viloyat bo‘yicha jami 306 ta ta'lim muassasalarida “Davomat” tadbirlari o‘tkazilib, o‘z farzandining ta'lim olish majburiyatlarini bajarmagan 34 nafar ota-onalarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Viloyat hududidagi jami 17.182 ta xonadonlar o‘rganilib, ularda 188 nafar shaxslar noqonuniy yashab kelayotganliklari aniqlandi va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Tadbir davomida aniqlangan jami 986 ta turli ko‘rinishdagi ma'muriy huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli tartibda ma'muriy bayonnomalar tuzildi.

Shuningdek, 2 ta qo‘shmachilik, 4 ta o‘g‘rilik va 1 ta noqonuniy diniy tashkilotlarda ishtirok etish jinoyatlari fosh etilib, 2 nafar qidiruvda yurgan jinoyatchilar ushlandi.

Mavzuga oid