Yevropa Ittifoqi Suriya ixtilofining harbiy yo‘l bilan hal qilinishiga qarshi chiqmoqda
Yevropa Ittifoqi AQShning Suriyadagi aviabazaga hujum qilishidan xabardor qilingan, biroq ixtilofni harbiy yo‘l bilan hal qilinishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federiki Mogerini ma'lum qildi.
"Yevropa Ittifoqi Suriya ixtilofining harbiy yechimi mavjudmasligiga qat'iy ishonadi va Suriya davlatining birdamligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi haqidagi pozitsiyani qo‘llab-quvvatlaydi", deyilgan Mogerini bayonotida.
Mogerini kimyoviy qurolning qo‘llanishi harbiy jinoyatga tenglashtirilishi va uni qo‘llashda aybdorlar xalqaro huquqqa binoan javobgarlikka tortilishlari kerakligini aytdi.
AQSh 7 aprelga o‘tar kechasi kemalardan Suriyadagi Shayrat aerodromiga raketalar bilan zarba bergan. AQShning ta'kidlashicha, aynan shu aerodromdan Idlib viloyatiga kimyoviy hujum amalga oshirilgan. Pentagonning ta'kidlashicha, aerodromga qarata 59 ta raketa otilgan. Xoms gubernatorining ma'lum qilishicha, zarba oqibatida 7 kishi: 5 nafar harbiy va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inlarni o‘chirishda 2 suriyalik harbiy bedarak yo‘qolgan, 4 nafari halok bo‘lgan va 6 nafari jarohatlar olgan. Suriya qurolli kuchlari esa 10 harbiy halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Rossiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, zarba oqibatida shuningdek moddiy-texnik mulk saqlangan ombor, o‘quv korpusi, oshxona, ta'mirlash angarlarida bo‘lgan 6 ta MiG-23 samolyoti va radiolokatsion stansiya yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024