OAV: Suriya armiyasi AQShning hujumi haqida ogohlantirilgan
Suriya armiyasi harbiylari Amerika raketalari uchib kelishidan oldinroq harbiy aerodromdan xodimlar va qurol-yarog‘larni ko‘chirishni boshlagan. Bu ular bo‘lajak hujum haqida oldindan ogohlantirilganini ko‘rsatadi.
AVS News telekanali xabariga ko‘ra, olib borilgan harbiy harakatlar shuni ko‘rsatganki, Shayrot aerodromidagilar AQShning tungi hujumini oldindan ko‘ra bilgan.
Bundan oldinroq Suriya davlat telekanali amerikaliklarning hujumi katta talofatlar keltirgani haqida aytgandi. Shu bilan birga tafsilotlar keltirilmagan.
7 aprelga o‘tar kechasi Pentagon Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromiga zarba berganini ma'lum qilgan edi. Raketa zarbalari AQSh harbiy kemalaridagi qanotli raketalar yordamida berilgan. Pentagonga ko‘ra jami 59ta raketa uchirilgan.
Mavzuga oid
15:52 / 11.12.2024
Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi
14:20 / 21.10.2024
UQK: Rossiya hududidagi aerodrom va harbiy zavodga zarba berildi
13:50 / 16.08.2024
Ukraina Rossiyadagi 4 ta aerodrom nishonga olinganini ma’lum qildi
10:36 / 27.07.2024