Zaxarova: "Translyatsiya ketmoqda! Meni butun dunyoda ko‘rishmoqda!"
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh HDKning Suriyadagi hukumat qo‘shini bazasiga raketa hujumi yuzasidan idoraning rasmiy izohini o‘qish paytida ikki marta to‘xtab qoldi.
«Rossiya 24» telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi vaqtida Zaxarova dastlab VGTRK translyatsiyani o‘chirdimi yoki yo‘q - aniqlik kiritishga harakat qildi, keyin esa ikki marta bayonotni o‘qishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Shundan so‘ng TIV translyatsiyasi noma'lum sabablarga ko‘ra, o‘chirib qo‘yildi.
"Translyatsiya ketmoqda! Meni butun dunyoda ko‘rishmoqda! Yana bir marta aytaman: «Rossiya 24» translyatsiyani uzatgan".
Mariya Zaxarova, Rossiya TIVning rasmiy vakili
Keyinroq Zaxarova telekanal efirida yana bir bor namoyish etildi, bu safar u TIVning Suriyadagi vaziyat bo‘yicha bayonotini muvaffaqiyatli o‘qib berdi. Quyida bayonot matni havola etiladi:
"7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Idlib provinsiyasidagi kimyoviy hujum bahonasida Suriya hukumat qo‘shinlariga qarata zarba berdi.
AQSh hech narsaga oydinlik kiritmay, o‘z kuchini namoyish qilishga, mamlakatda xalqaro terrorizm bilan kurashuvchilarga qarshi harbiy harakatlarga o‘tdi.
AQSh bunday o‘ylanmagan yondashuvlarni birinchi marta namoyish qilishi emas. U dunyoda mavjud muammolarni chuqurlashtirmoqda va milliy xavfsizlikka xavf solmoqda, xolos. AQSh va boshqa mamlakat harbiylarining Suriya yoki boshqa boshqa mamlakat hududida hukumat ruxsatisiz faoliyat yuritishi xalqaro huquqning qo‘pol, yaqqol va asossiz buzilishi hisoblanadi. Agar avvallari bu terrorizm bilan kurashning vazifasi sifatida izohlangan bo‘lsa, hozir suveren suriyaga qarshi agressiya akti yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun AQSh tomonidan qo‘llangan harakatlar Rossiya-Amerika munosabatlariga yana bir bor raxna solmoqda.
Biz zamonamizning eng qaynoq muammolarini yechish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanligimizni bir necha marotaba ma'lum qilganmiz. Bu muammolar orasida xalqaro terrorizmga qarshi kurash birinchi o‘rinda. Biz Suriyaning qonuniy hukumatiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaymiz.
Amerika Suriya hukumat qo‘shinlari u yerda kimyoviy qurol qo‘llamaganini tushunmasligi mumkin emas. Damashqda bunday qurolning o‘zi yo‘q va bu malakali mutaxassislar tomonidan bir necha bor tasdiqlangan. Kimyoviy qurolni taqiqlovchi tashkilot liniyasi bo‘yicha shunday xulosalar qilingan. So‘nggi yillar ichida mazkur tashkilot deyarli barcha obektlarni tekshiruvdan o‘tkazdi.
Idlibga keladigan bo‘lsak, terrorchilar u yerda keyinchalik Suriya va Iroqda qo‘llash uchun zaharlovchi moddalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishgan. Suriya qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi natijasida bunga nuqta qo‘yilgan.
AQSh o‘zini oddiy narsalarni tushunmaslikka olmoqda. U Iroqda terrorchilar tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanishiga ko‘z yumgandi, Bog‘dod esa bu haqida rasman xabar bergan. Bu bilan xalqaro terrorizmga faqat yo‘l ochib berish, uni kuchaytirish va ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llangan yangi hujumlarni kutib qolish mumkin.
Shubhasiz, AQShning harbiy aksiyasi - Amerika koalitsiyasi harakatlari natijasida yuzlab tinch aholi halok bo‘lgan va gumanitar fojia avj olgan Mo‘suldagi vaziyatga qaratilgan e'tiborni chalg‘itishga bo‘lgan urinish. Amerika raketalari zarbasi oldindan tayyorlanganiga shubha yo‘q. Zarba berish qarori Vashingtonda Idlibdagi voqealargacha tayyorlangani va bu shunchaki o‘z kuchini namoyish qilish maqsadida ishlatilgani har qanday mutaxassisga yaxshi ayon. Rossiya AQSh bilan tuzilgan Suriyadagi amaliyotlar davomida aviatsiya parvozi xavfsizligini ta'minlashga doir memorandumiga amal qilinishini to‘xtatadi.
BMT Xavfsizlik Kengashini yuzaga kelgan vaziyat muhokamasi uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqiramiz. Yaqin vaqt ichida joriy vaziyatni baholash yuzasidan RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chiqish qiladi".
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024