Fan-texnika | 16:54 / 11.04.2017
12012
2 daqiqa o‘qiladi

Lincoln birinchi marta yangi Navigator modelini namoyish qildi

Amerikaning Lincoln kompaniyasi yangi avlod Navigator yo‘ltanlamasining tizerini namoyish qildi. Uning jahon taqdimoti Nyu York avtoshousida bo‘lib o‘tadi. Suratdan aytish mumkinki, model ko‘p jihatdan Navigator Concept kontseptiga o‘xshab ketadi. 

Yangi modelning kontsept namunasi Nyu Yorkda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada namoyish etilgan edi. Uning o‘ziga xos jihatlari sifatida chayka qushi qanotlarini yodga soluvchi katta eshiklari bo‘ldi. Bundan tashqari, markaziy ustuni olib tashlandi. O‘rindiqlarini 30 xilda sozlash mumkin. Kontsept, shuningdek, to‘liq raqamli uskunalar paneliga ega. Multimedia tizimi yirik sensorli ekran bilan to‘ldirildi. Yukxonasida kiyim-kechak uchun maxsus shkafcha ham yoddan ko‘tarilmadi. 

Namoyish etilgan tizerda aks etganidek, seriyali ishlab chiqariluvchi mashina old qafasi kontsept radiator qafasiga o‘xshash bo‘ladi. Old yoritqich chiroqlari shakli ham deyarli kontseptnikini takrorlaydi. 

Bundan tashqari, mashinaga o‘rnatiladigan savdo belgisi timsoli yonib turibdi. Hozircha, bu holat tizerga xosmi yoki shu ko‘rinishda ishlab chiqariladimi, noma'lumligicha qolmoqda. 

Yangi Navigator uchun Ford F-150 platformasi olingan. Bu alyuminli kuzov bilan birga yo‘ltanlamas vaznini sezilarli tushiradi. Hozircha, unga o‘rnatiladigan asosiy motor 3,5 litrli, ikki turbinali V6 dvigateli bo‘lib turibdi. Biroq, uning ot kuchi 380dan 400ga o‘zgaradi. Yo‘ltanlamasga o‘n bosqichli «avtomat» qo‘yilishi ehtimol tutilmoqda 

Mavzuga oid