Foto: Toshkentda jinsiy tajovuz qilgan «manyak» qo‘lga olindi
2017 yil 8 aprel kuni Uchtepa tumanida noma'lum shaxs o‘zining Matiz rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan maktab o‘quvchisi A.ga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirmoqchi bo‘lgan vaqtda, voyaga yetmagan qiz A. unga qarshilik qilib, avtomashinadan qochib, shu atrofdagi fuqarolardan yordam so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali, 119-modda, 4-qismi, ya'ni “14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirishga urinish alomatlari” bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatda Hasan Isayev gumon qilinib, uning mashinasidan voyaga yetmagan A.ga tegishli Nokia rusumli mobil telefoni ashyoviy dalil sifatida topilib qo‘lga olindi.
Hozirda, Isayevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov ishlari davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB mazkur holatga o‘xshash jinoyatlardan jabr chekkanlar bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘raydi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
21:43 / 21.11.2024