Jamiyat | 19:53 / 18.04.2017
25630
1 daqiqa o‘qiladi

Endilikda kommunal xizmatlar uchun haqni ushlab qolishga shaxsiy hisobvaraq ham zarur

Markaziy bank Boshqaruvi va Moliya vazirligi qarori bilan Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
Endilikda kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risidagi arizada xodim o‘z shaxsiy hisobvarag‘ini ham ko‘rsatishi kerak.

Ma'lumot uchun: arizada kommunal xizmatlarning qiymati va turi, kommunal tashkilotlarining rekvizitlari hamda ushlab qolish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan davr ham ko‘rsatiladi.

Aytilishicha, ish haqidan ushlab qolishda ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim. 
 

Mavzuga oid